Ayollar modasi va uslub bo‘yicha maslahatlar

Ayollar modasi, kiyim kombinatsiyalari, trendlar, o'lcham tanlash va kiyim parvarishi bo'yicha foydali maqolalar.

Qimmat ko‘rinish narxda emas: premium garderob yaratishning siri

Chiroyli kiyinish va qimmat ko‘rinish — bir xil narsa emas. Ba’zan juda qimmat kiyim ham obrazni premium ko‘rsatmaydi. Ba’zan esa bir qarashda sodda ko‘ringan ko‘ylak, to‘g‘ri bichim, sifatli mato va puxta tanlangan aksessuar butun obrazni o‘zgartirib yuboradi. Haqiqiy premium uslubning siri kiyimning narxida emas. Uning qanday tanlangani, qanday o‘tirgani va boshqa kiyimlar bilan qanday uyg‘unlashganida.